Bir qizni sevdim 19 yoshida,
Ko’ngil beribman bilmay boshida.
Nahotki, adashdim sevgi yo’lida?
Yuragim soddasan, soddasan.
Do’stlarim kulardi uning qoshida,
Shu kunlar bor ekan yigit boshida.
Ne qilay, ko’nglim yo’q o’zgasida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul, yuzingdan bermading bo’sa,
Ha, men oshiqman, telbaman o’sha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi o’sha tun, o’sha.
Oygul, yuzingdan bermading bo’sa,
Ha, men oshiqman, telbaman o’sha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi o’sha tun, o’sha.
Oshiqlarin o’raydi u ko’zida,
Nelar yashiringan gul yuzida?
Mening muhabbatim uning qo’lida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Yolg’onlarin qo’ymaydi so’zida,
Sezmadim, nafrat bor ekan dilida.
Vafo ko’rmadim, eh sevgisida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul, yuzingdan bermading bo’sa,
Ha, men oshiqman, telbaman o’sha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi o’sha tun, o’sha.
Oygul, yuzingdan bermading bo’sa,
Ha, men oshiqman, telbaman o’sha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi o’sha tun, o’sha.