Yillar sochlariga to’ldiribdi oq
Bugun ajinlarga nazar solibman
Bolamning bo’yiga termulib ey voh
Onam qaraganin sezmay qolibman
Bolamning bo’yiga termulib ey voh
Onam qaraganin sezmay qolibman
Qachon men onamning qafriga yetdim
Bevafo do’st yorga jon fido qildim
Bugun ich ichimdan ezilib ketdimey
Onam qariganin sezmay qolibman
Bugun ich ichimdan ezilib ketdimey
Onam qariganin sezmay qolibman
Dunyoda dunyo deb yugurib yeldim
Bormisan sog’indim kel desa keldim
Duoga qaltirab qo’l ochgach bildimey
Onam qariganin sezmay qolibman
Duoga qaltirab qo’l ochgach bildimey
Onam qariganin sezmay qolibman
Yurakdan quchtimu yuragim pora
Meni deb o’zidan kechgan bechora
Yurakdan quchtimu yuragim pora
Meni deb o’zidan kechgan bechora
O’zim bilan o’zim bo’ldim ovora
Onam qariganin sezmay qolibman
Yerdagi farishtam ko’kdagi oyim
Boshlandi dilinda qiyomat qoyin
Bandangni g’aflatdan qutqar hudoyimee
Onam qariganin sezmay qolibman
Bandangni g’aflatdan qutqar hudoyimee
Onam qariganin sezmay qolibman